Biz haqimizda
“Aisha Grand Prime” MChJ 22.06.2017 sanada tashkil etilgan bo‘lib, guvohnoma raqami 527934 asosida faoliyat yuritadi. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi hududi hamda xalqaro miqyosda turizm xizmatlarini professional darajada tashkil etadi.
Rasmiy veb-saytimiz: www.aishatravel.uz
Faoliyat yo‘nalishlarimiz
1. Ichki turizm
O‘zbekistonning tarixiy va zamonaviy shaharlariga sayohat paketlari, ziyorat turlari va madaniy marshrutlar.
2. Xalqaro turizm
Xorijiy davlatlarga individual va guruhli sayohatlar, vizaviy ko‘mak, aviachipta va transfer xizmatlari.
3. Korporativ xizmatlar
Tashkilot va kompaniyalar uchun biznes-safarlar, konferensiya va xizmat safarlarini tashkil etish.
4. Mehmonxona xizmati
Namangan shahrida joylashgan o‘z mehmonxonamiz orqali mehmonlarga qulay, xavfsiz va zamonaviy yashash sharoiti taqdim etiladi.
Bizning afzalliklarimiz
- Tajribali va mas’uliyatli jamoa
- Ishonchli mahalliy va xalqaro hamkorlar
- Individual yondashuv
- Shaffof narx siyosati
- To‘liq tur paket (transport, joylashtirish, gid, sug‘urta)
Missiyamiz
Mahalliy va xorijiy mijozlarga yuqori sifatli, xavfsiz hamda unutilmas sayohat xizmatlarini taqdim etish va O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilish.
“Aisha Grand Prime” MChJ — sayohatingizni ishonch bilan bizga topshiring.