Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning Afyon shahrida yirik besh yulduzli Wyndham Afyonkarahisar mehmonxonasi boshqaruv raisi Fatix Kaan Bayxan hamda mehmonxonalar qurish boʻyicha taniqli arxitektor Mustafa Mermer bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot davomida Namangan viloyatida ham besh yulduzli mehmonxonalar qurish imkoniyatlari, berilayotgan imtiyozlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi, shuningdek, mehmonxonaning imkoniyatlari va sharoitlari bilan tanishildi.
Wyndham Afyonkarahisar mehmonxonasi boshqaruvi raisi Fatix Kaan Bayxan Namangan viloyatida 2 ta shunday mehmonxona qurish imkoniyati mavjudligi, tez kunlarda oʻz Ishchi guruhini yuborib, mehmonxona uchun joylar va imkoniyatlarni oʻrganishini maʼlum qildi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.